Fikrbank

Ummon Muxlislari — Tushkunlikdagi Yoshlar

Ummon Muxlislari — Tushkunlikdagi Yoshlar

“Mani odnok­lass­nikimga kuniga 300 talab SMS, san­larga esa 1 oyda 1ta ham yo‘q!” — “Ummon” Guruhi

31-yanvar kuni Toshkentdagi “Mega­planet” savdo markazida “Ummon” guruhin­ing ilk albomi taqdi­moti bo‘lib o‘tdi. Albomn­ing nomi nima, hozir­gacha nechta sotildi, qan­day qo‘shiqlar bor — bularga to‘xtalmoqchi emas­miz. Achi­narli tomoni — odam juda ko‘p keldi, yosh­lar ko‘p keldi. Garchi “Madaniyat” va “San’at” niqobi ostida targ‘ib qili­nay­ot­gan bo‘lsa-da, bor­gan sari yosh­larni ma’naviy qashshoq qilay­ot­gan o‘zbek shou-biznesining bugungi ayanchli ahvoli haqida ham gapir­mo­qchi emas­miz. Shou-biznesning umu­miy ahvoli bu alo­hida mavzu. Bugun gapir­mo­qchi bo‘lganlarimiz — aynan “Ummon” guruhi va ularn­ing o‘zbek yosh­lar­iga bo‘layotgan ta’siridir. Sababi, tan olamiz, ular bugungi kunda o‘sib boray­ot­gan yosh avlod o‘rtasida mash­hur­roq, qo‘shiqlari ko‘proq tar­qalib boray­ot­gani­dir. Yoki maqolani hozirgi shou-biznesning ko‘rinmayotgan ayanchli oqi­bat­lari haqida deb ham tushu­n­ishin­giz mumkin.

“Ummon” muxlis­lari “Megaplanet“da

Shaxsan “Ummon” guruhi va undagi yig­it­larga adova­timiz yo‘q. Biz ularni inson sifatida ukamiz deb xur­mat qil­amiz. Bizni o‘ylantirayotgan tarafi – ularn­ing ijod­lari va tin­glovchi­lar­iga, jamiy­atga bo‘layotgan ta’sirlaridir. Guruh­n­ing bar­cha qo‘shiqlarini tahlil qil­ishga bizda imkoniyat yetmasa-da, quyida ularn­ing ba’zi qo‘shiqlarini kelti­ramiz. Agar siz “Ummon” muxlisi bo‘lsangiz, gaplarim­izni ko‘nglingizga og‘ir olmangda “5 Daqiqa Suku­nat” paytida o‘ylab ko‘ring.

“Mani odnok­lass­nikimga kuniga 300talab SMS, san­larga esa 1 oyda 1ta ham yo‘q!” deb aytil­gan guruh qo‘shig‘idan ulardagi saviyani tushu­nib olish qiyin bo‘lmaydi. Saviya borasida gap yuri­tish ortiqcha, “Ummon” dan tashqari boshqa e’zozlanadigan qo‘shiqchilarning qo‘shiqlari, kerak bo‘lsa, bun­dan past. Achi­narlisi, ularga muxlis­larn­ing top­i­lay­ot­gan­ligi. Musiqa mat­niga e’tibor berib-bermay tinglanilayotganligi.

“Qal­bim to‘rida o‘zga inson, lekin sizga ayt­may­man, sizga bo‘lgan his­larim so‘ngan, lekin tushuntira olmayman. Yana bugun qo‘ng‘iroq qilib shirin-shirinim dey­man, go‘shakni qo‘ygandan keyin esa ortiq o‘ylamayman. Garchi bo‘lsa-da shirin so‘zlar yolg‘on, baribir seva­man, mayli man­dan vos kech­gan bo‘lsang hamki sevaveraman. Garchi bo‘lsa-da shirin so‘zlar yolg‘on baribir seva­man, mayli man­dan vos kech­gan bo‘lsang hamki sevaveraman.”

“Ummon”ni boshqalar­dan far­qlab tur­a­di­gan narsa bu ularn­ing tin­glovchi­lar­ini yoshi juda yosh­ligi ham emas (ko‘pchiligi 1-sinfdan 9-sinfgacha va kollej tal­a­balari). Ray­hon, Shah­zo­dalarn­ing ham aksariyat muxlis­lari bun­dan yuqori yoshda emas, menimcha.

“Ummon”ni boshqalar­dan bir­dan bir farqi – guruh deyarli uzluk­siz tarzda kishi­larni g‘amga boti­r­a­di­gan kuy­larni kuy­lashidir. Buni qo‘shiqlar nomi­dan ham bilib olish qiyin emas: “Unuta olmas­man”, “Xiy­onat”, “Sevav­era­man”, “Ojiz sevgi” va ro‘yxat uzoq davom etadi. Shun­cha­lik ko‘p qo‘shiq kuy­lab tash­lash­gan. Masala shu dara­ja­gacha bor­ganki, qo‘shiq nom­lari sabablar qidirishga o‘tadi - “Qan­day unut­d­ing?”, “Otang ayirdi” va “Uyqisizman”.

Ular shun­day kuylaydilar:

“Sokin tun Angladim bugun Uni yo‘qotdim Yo‘qotdim butkul … Ayt­gin tun nedur gunohim menga ayt­gin tun Sev­mas­dan sevdim dema­gandi u So‘z berib so‘zlarimda qoldim ku Qasam ichib aldadi u”

Qo‘shiqlarning bar­chasida guruh o‘zlarini yig­it­lik­lar­ini unutib yig‘lamsirab kuy­laydi. Mavzu bitta – qiz bola ularni aldab ket­gan yoki xiy­onat qil­gan. Bular­dan “ruh­langan” o‘zbek yosh­lari esa, ker­akli narsalar ustida bosh qotirish o‘rniga, Jo‘ravoy akani molx­onasidagi buzo­qdek ko‘kragini zaxga berib yotadi. Quyida guruh­n­ing ras­miy (agar ras­miy bo‘lsa) sahi­fasida muxlis­lar qoldirgan izohlar­dan kelti­ramiz. Bun­dan tashqari boshqa “havaskor” sahi­falarda ham shunga o‘xshash izohlar talaygina.

“Ko‘zlarimdagi bu yosh, Urib koka uchgan-da Qaytib kelarsan bir kun Men ozgani quchganda”

Shu o‘ringa bir kishin­ing hazil tariqasida (balki chin) ayt­gan gapi yodga tushadi.

“Ey Xudo, “Ummon”ni olib, Xoji­boyni qay­tarib ber!”

Boshqalarga o‘lim tilash yomon. Shu sabab yuqoridagi gapni ijod haqida deb aytil­gan deb tushu­nilsa to‘g‘ri bo‘lardi. Ya’ni, “Ummon­ning ijo­dini olib, Xoji­boynikidek ijod­dan ber!”.

Masalan­ing eng achi­narli tarafi esa, tin­glovchi­larn­ing aksari hali yigir­maga ham kir­ma­gan yosh­lar ekan­ligidir. Tan­beh bersan­giz, “Aka siz tushunmaysiz-da!”, deb hay­ot­dan siqilib qo‘yadigan yosh­lar paydo bo‘lmoqda. Hay­otda kuchga to‘lib bor­ishar ekan, bor qobily­at­lar­ini o‘qishga, yangi maqsad­lar sari izlan­ishga sarflash o‘rniga “Ummon” yoki boshqalarn­ing ayriliq haqidagi xon­ish­lar­ini tinglab tob­ora tushkun­likka tushish­mo­qda. Bizga yosh­larni shi­joatga chaqi­r­a­di­gan qo‘shiqlar kerak. Ularni bir qizni deb heza­lakdek yig‘lab yur­ishi, yoki bir yig­itni deb oilasi­dan kechib qo‘yishi jamiy­a­timizga foyda keltir­maydi. Ota-onalariga, do‘stlariga va, eng muhimi, O’zbekistonga tushkun kay­fiy­atdagi, pes­simist yosh­lar emas, balki teran fikr­lay­di­gan, qan­day­dir bir o‘tkinchi tuyg‘uni deb yosh­lik­lar­ini havoga uchir­may­di­gan og‘il va qizlar ker­ak­lig­ini yosh­larimiz tushu­nib yet­mo­qlari lozim.

“Ummon” guruhi, siz bu masal­ada davla­timizga yor­dam­chi bo‘ling. “Vatan” kabi qo‘shiqlaringizni ko‘paytiring. Ungacha esa siz faqat yosh­larn­ing vaqt­lar­ini “qorong‘u xayol uyi”da o‘tkazishga yoki ko‘chada mp3 eshitib, bo‘lgan va bo‘lmagan qayg‘uli o‘tmishlarini eslashga ko‘maklashyapsiz, xolos. Shu yo‘nalishda ket­san­giz, bizda ham tez orada “Goth”lar paydo bo‘lishi aniq.

“Got­lar (Goths) to’dasi”

  • Aloqador so`zlar
  • birinchi albom
  • rayxon
  • shaxzoda
  • shou biznes
  • shou biznes ummon
  • Ummon
  • ummon mp3 qo'shiqlari
  • ummon qanday unutding
  • ummon taqdimoti
  • ummon va yoshlar

Leave a Reply